Yutuqlar

Shukurona Alisherova BSc IT 6-semestr talabasi, 2025-yilda Yaponiyaning Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan World Expo doirasida tashkil etiladigan Women in Tech (Texnologiyadagi Ayollar) tadbirida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi.

U 50 dan ortiq mamlakatlardan tashrif buyuradigan, biznes yetakchilari, siyosatchilar, akademiklar va san’atkorlardan iborat 450 nafar ilhomlantiruvchi delegatlar safida bo‘ladi. Ular texnologiyalar va innovatsiyalar kelajagini birgalikda shakllantirish maqsadida yig‘ilishadi. Shukurona Alisherovaga omad va samarali ishtirok tilaymiz! 

Batafsil

7-mart kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalariga Vazirlik stipendiyasi sertifikatlari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ushbu stipendiya o‘zining akademik yutuqlari, yetakchilik qobiliyati va tanlagan sohasiga qo‘shgan hissasi bilan ajralib turadigan iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan

Batafsil

Raximova Zarnigor "Eng zo‘r dasturchi" tanlovi g‘olibi

31-yanvar kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti Raximova Zarnigorni “Eng yaxshi dasturchi” tanlovida erishgan ajoyib muvaffaqiyati uchun faxr bilan tabriklaydi. Uni dasturlashdagi ajoyib mahorati va innovatsion yondashuvini e’tirof etib, “Eng omadli dasturchi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Batafsil

Toshkent shahridagi Amity universitetining iqtidorli talabasi Ibrohim Abbosov jamoa yetakchisi bo’lib, nufuzli BRB Fintech Hackcelerator 2024 ko‘rgazmasida 2-o‘rinni egallab, 100 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi. 

“Solution Squad” deb nomlangan jamoa turli muassasalar a'zolaridan iborat edi. Tanlov davomida ular ajoyib jamoaviy ish, ijodkorlik va texnik tajribani namoyish etdilar. Ularning xavfsiz va foydalanuvchilarga qulay raqamli toʻlov yechimini ishlab chiqishga qaratilgan loyihasi oʻzining innovatsionligi, amaliyligi va fintech sanoatiga muhim taʼsir koʻrsatish salohiyati bilan hakamlarni hayratga soldi.

Batafsil

18-sentabr kuni, Toshkent shahridagi Amity Universitet talabalari ICT Haftaligi doirasida Huawei ICT Talent sammitida faol ishtirok etishdi. 

Sammit talabalarga soha mutaxassislari bilan muloqot qilish, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish va AKT sohasida martaba imkoniyatlarini o‘rganish uchun platforma yaratdi. 

Batafsil

18-19-may kunlarii Toshkent shahridagi Amity universitetida “Hacknovation 2024” xakaton musobaqasi bo'lib o'tdi “Hacknovation 2024” O‘zbekiston IT-hamjamiyati va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Sun’iy intellekt b

“Hacknovation 2024” O‘zbekiston IT-hamjamiyati va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Sun’iy intellekt bo‘yicha maslahat kengashi bilan hamkorlikda, shuningdek, Fido-Biznes, TBC Bank Uzbekistan, Payme va Cloupard kabi kompaniyalar ko‘magida tashkil etildi. Tadbirning 1-kuni ochilish marosimi bilan boshlandi, unda ma’ruzachilar ishtirokchilarga nisbatan o‘z tabrik so‘zlari bilan chiqishdi. Ishtirokchilarga tanlov qoidalari tushuntirildi, so‘ngra qatnashchilar g‘oyalarni muhokama qilish xonalar bo‘yicha taqsimlandi. Dastlabki muhokamalardan so‘ng hakamlar hay’ati keyingi bosqichda ishtirok etish uchun 50 ta jamoani saralab oldilar. 

Batafsil

Toshkent shahridagi Amity universitetining 5 nafar talabasi Huawei kompaniyasidan Xitoyga ta’lim safariga boradi

2024-yil 12-mart Raqamli texnologiyalar vazirligida "Seeds for the Future 2023” loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashuv va “Tech4Good” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, oliy o‘quv yurtlari rektorlari va professor-o‘qituvchilari, Huawei rahbariyati hamda O‘zbekistonning 7 nafar OTM talabalari ta’lim loyihasi yakunlarini sarhisob qildilar.

Batafsil

Umid Abduhakimov - Toshkent shahridagi Amity universiteti talabasi, Huawei kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “Seeds for the Future 2023” ta’lim loyihasi ishtirokchisi sifatida Mobile World Congress (MWC) Seeds Tour loyihasiga qo‘shildi.

Seeds for the Future 2023 ta’lim loyihasi qatnashchisi bo‘lgan Umid Abduhakimov Huawei kompaniyasi tomonidan dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan talabalar uchun kongress kunlarida tashkil etilgan MWC Seeds Tour tur ishtirokchilari safiga qo‘shildi.

Batafsil

Huawei Tech4Good global tanlovida O‘zbekiston jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

8 nafar o‘zbekistonlik va ulardan 3 nafari: Ixtiyor Sodiqov, Jahongirxo'ja Jo'raev, Shaxzoda Mirzaeva, Toshkent Amity universiteti talabalaridan iborat “Techno Mind” jamoasi “Aquatibia” loyihasini taqdim etib, global Tech4Good tanlovida Kumush mukofotga sazovor bo‘ldi, hamda People’s Choice Award ovoz berish jarayonida “Tomoshabinlar tanlovi” deb topildi. Global musobaqaning finali 2024-yil 11-yanvar kuni O‘zbekiston, Jazoir, Singapur, , Chili, BAA, Kolumbiya, Germaniya, Braziliya va Namibiyadan o‘nta jamoa o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

Toshkent shahridagi Amity universiteti talabasi – Shahzoda Mirzayeva UNICEF global delegatsiyasida BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida Yevropa va Markaziy Osiyodan tashrif buyurgan talabalar orasida yagona vakil sifatida ishtirok etmoqda!

Shahzoda “Kompyuter muhandisligi va injiniring” o‘quv dasturi talabasi bo‘lib, u va uning jamoasi 15 mamlakatdan kelgan 175 talaba orasida “Seeds For The Future” dasturining 2-bosqichida g‘olib chiqishdi.

Batafsil

Oʻzbekistonlik SeedsForTheFuture taʼlim dasturi ishtirokchilari Dubayda boʻlib oʻtgan mintaqaviy TECH4GOOD tanlovida gʻolib boʻlishdi

O‘zbekistonlik sakkiz nafar talaba, xususan, Toshkent shahridagi Amiti universitetining 3 nafar talabasidan iborat “Techno Mind” jamoasi “Aquatibia” loyihasini taqdim etgan holda TECH4GOOD eng yaxshi loyihasi tanlovida birinchi o‘rinni egalladi.

Batafsil

O‘zbekiston talabalari “Seeds for the Future” ta’lim loyihasida ishtirok etish uchun Qatarga boradi

Bugun, 30-avgust kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida vazir Sherzod Shermatov “Seeds for the Future” ta’lim loyihasi ishtirokchilar bilan uchrashdi. 

Batafsil