Chet elda o'qish dasturi (SAP) Amity'ning ajoyib talabalariga Amityning xorijiy kampuslarida 2 hafta o‘tkazish orqali bebaho global taassurotlarga erishish uchun noyob imkoniyatni taklif etadi. SAP nomi ostida amalga oshiriluvchi akademik o‘quv dasturi haqiqatan ham jahon darajasiga muvofiq va eng yaxshi xalqaro professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqiladi.

SAP talabalarga xalqaro maydonda o‘zini his etish hamda o‘z shaxsiyatini har tomonlama rivojlantirish platformasini ta’minlash uchun mo'ljallangan. Shuningdek, u xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan o‘zaro aloqa qilish va ularning ekspert rahbarligi ostida maqsadli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini kengaytiradi.

SAP ning afzalliklari:

• Tajriba orttirish sertifikati

• Buyuk Britaniya/Singapur/AQSh akademik tizimi bilan tanishish

• O‘zini qiziqtirgan mavzuni tanlash

• Buyuk Britaniya/Singapur/BAA/AQShdagi taniqli diqqatga sazovor joylarga/Universitetlarga va kompaniyalarga tashriflar

• Global miqyosdagi sanoat dinamikasi va tendensiyalari bilan tanishish

• Soha mutaxassislari va yetakchi xorijiy professor-o‘qituvchilar tajriba almashish va ta’lim olish

• Global miqyosda madaniyatlararo yo‘nalishlarni tadqiq etish

• Xorijiy iqtisodiyot va jamiyatlar bilan yaqindan tanishish

• Kreditni ko‘chirish asosida maxsus ishlab chiqilgan dastur, bunda dasturning bir qismi bosh muassasada taqdim etiladi

SAP ning global afzalliklari:

• Eng yaxshi ish o‘rinlari/yuqori maqom, chunki xodimlar global ta’lim olish tajribasini tobora ko‘proq qadrlamoqda

• O‘quv dasturining ko‘p qismini qamrab oladigan eng yaxshi xalqaro professor-o‘qituvchilardan ta’lim olish

• Yuqori multimillatli kompaniyalarda real hayotiy saboq tasavvurlarga ega bo‘lish uchun sanoatda ishtirok etish

• O‘qishdan keyingi mehnat huquqlari bo‘yicha ko‘mak

• O‘qish davrida yarim stavka asosida ishlash imkoniyati

• Dunyo talabalari bilan aloqa o‘rnatish imkoniyati

• Amity tomonidan kafolatlangan xavfsiz turar joy

Ushbu dasturlar taklif etiladi:

• Nyu York

• Dubay

• Singapur

• London

• Avstraliya

• Fransiya

• Kanada

Sanoat tashriflari

Global sanoat tashrifining asosiy maqsadi – talabalarga noyob tajribani taqdim etish hamda ularning tegishli ta’lim sohasida samaradorlik, ishlab chiqaruvchanlik va malakaviy moslikka erishish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ilg‘or tajriba almashishni ta’minlashdir.

Ajoyib tanishuv, madaniyatlararo xabardorlikni oshirish

Foydali munosabatlarni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish qobiliyati ko‘pincha alohida madaniyatlardan kelib chiqadigan xalqaro farqlarni yarashtirish qobiliyati bilan bog‘liqdir. Madaniyatlararo treninglar menejerlarga madaniyat agentlari rolini bajarish uchun bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini beradi.

Xorijiy iqtisodiyot, jamiyatlar, nima qilish va qilmaslik bo‘yicha xabardorlikni oshirish

Taklif etilgan va talabalar almashinuvi talabasi sifatida siz Buyuk Britaniya va butun dunyodan kelgan talabalar bilan birga tahsil olasiz va birga yashaysiz. Taklif etilayotgan ijtimoiy va tarmoq imkoniyatlaridan foydalaning va shu bilan birga umrbod do‘stlarga ega bo‘ling.

SAP 2019 dasturi – Dubay safaridan lavhalar
Dubai (1st trip) 1 Dubai (1st trip) 2 Dubai (1st trip) 3 Dubai (1st trip) 4
 
SAP 2021 dasturi – Dubay safaridan lavhalar
Dubai (2nd trip) 1 Dubai (2nd trip) 2 Dubai (2nd trip) 3 Dubai (2nd trip) 4
Dubai (2nd trip) 5 Dubai (2nd trip) 6 Dubai (2nd trip) 7 Dubai (2nd trip) 8
Dubai (2nd trip) 9 Dubai (2nd trip) 10 Dubai (2nd trip) 11  
 
SAP 2022 dasturi – Singapur safaridan lavhalar
Singapore 1 Singapore 2 Singapore 3 Singapore 4
Singapore 5 Singapore 6 Singapore 7 Singapore 8
Singapore 9 Singapore 10 Singapore 11  

 

Sangathan – yillik sport tadbiri

Sangathan har yili Amity universiteti tomonidan asoschi prezident doktor Ashok K. Chauhanning tavallud ayyomini nishonlash uchun barcha ta’lim yo‘nalishlari va kurslardagi talabalar uchun o‘tkaziladigan tadbirdir. Tadbir barcha Amity universitetining dunyo bo‘ylab 17 xalqaro kampuslari orasida o‘tkaziladi hamda futbol, basketbol, voleybol, tennis, stol tennisi va boshqa sport musobaqalari va madaniy chiqishlarni o‘z ichiga oladi.

Sangathan institutlararo yillik sport tadbiri barcha Amity'liklarga turli sport tadbirlarida o‘z iste’dodlarini namoyish etish imkoniyatini beradi. G‘oliblar Amity universitetining Noida kampusida bo‘lib o‘tadigan Amity universitetlari kampuslarining o‘zaro Sangathan tadbirida ishtirok etish imkoniyati bilan birga mukofot va sertifikatlarga ega bo‘ladilar. Tadbir tashkiliy qo‘mita a’zolarining nazorati ostida tashkillashtiriladi.

Sangathan 2022 tadbiridan lahzalar
Sangathan 2022 (1) Sangathan 2022 (2) Sangathan 2022 (3) Sangathan 2022 (4)
Sangathan 2022 (5) Sangathan 2022 (6) Sangathan 2022 (7) Sangathan 2022 (8)
Sangathan 2022 (9) Sangathan 2022 (10)    
 
Sangathan 2023 tadbiridan lahzalar
Sangathan 2023 (1) Sangathan 2023 (2) Sangathan 2023 (3) Sangathan 2023 (4)
Sangathan 2023 (5) Sangathan 2023 (6) Sangathan 2023 (7) Sangathan 2023 (8)
Sangathan 2023 (9) Sangathan 2023 (10) Sangathan 2023 (11) Sangathan 2023 (12)
Sangathan 2023 (13) Sangathan 2023 (14) Sangathan 2023 (15) Sangathan 2023 (16)
Sangathan 2023 (17)      
Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering