Amity'da, biz iqtidorli talabalarning akademik faoliyatida erishgan mashaqqatli va mukammal natijalarini mukofotlashga ishonch bildiramiz. Amity grantlari talabalarni eng yaxshi natijalarga erishishga undash uchun yo‘lga qo‘yilgan. Grant olish uchun joylar soni cheklangan.


Bizning grantlarimiz haqida
Grantlarimiz har yili beriladi va keyingi yillardagi akademik ko‘rsatkichlariga qarab qayta berilishi mumkin (CGPA'ga asoslangan munosiblik ro‘yxatiga ko‘ra). Talabalar, o‘zlarining intranet portali hisoblanuvchi AMIZONE'ning “Stipendiyalar, mukofotlar va medallar” bo‘limidagi Ko‘rsatmalar bandida mezonlar bilan tanishishlari mumkin.


Biz taqdim etadigan turli xil grantlar ro‘yxati:
Munosiblik grantlari
• Ushbu grantlar qabul paytida beriladi. Ushbu grantlar yilda bir o‘tkaziladi va ularning davomiyligi o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ko‘ra baholanadi (CGPA bo‘yicha eng yaxshi 5% talabalar orasida).

• Bakalavr dasturlari:
10%'lik grantlar suhbatda o‘zini eng yaxshi namoyon etgan hamda yozma imtihonda eng yaxshi natijaga etishgan talabalarga beriladi.

• Magistratura dasturlari:
10%'lik grantlar suhbatda o‘zini eng yaxshi namoyon etgan hamda yozma imtihonda eng yaxshi natijaga etishgan talabalarga beriladi.

Amity bitiruvchilari uchun mukofotlar
• Amity Universitetining bakalavr dasturini tamomlagan talabalarga magistratura dasturlarida tahsil olishlari uchun 20%'lik miqdordagi grant beriladi.

Birodarlik (qarindoshlik) grantlari
• Toshkent shahridagi Amity universitetiga Ikkinchi qarindosh o‘qishga kirsa, o‘sha talabaga 10%'lik miqdordagi grant beriladi.

Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering