1) Talabalar nazariy tushunchalar va dasturlash ko‘nikmalariga oid chuqur bilimlarni fanning turli sohalarida qo‘llashlari mumkin;
2) Talabalar loyihani hujjatlashtirishdagi kerakli ehtiyojlarni qondirish uchun tizim, jarayon va tarkibiy qismlarni loyihalashi, tahlil qilishi, amalga oshirishi va baholashi mumkin;
3) Talabalar dasturiy ta’minot bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday muammolarni hal qilishda IT vositalari va usullarini qo‘llashlari mumkin;
4) Talabalar kompyuter fanlari nazariyasi algoritmlari, printsiplari va amaliyotini aholi salomatligi, xavfsizligi, jamiyat va atrof-muhit sohalarida IT-tizimlarini modellashtirish va loyihalashda qo‘llashlari mumkin bo‘ladi;
5) Talabalar yozma va og‘zaki muloqot qobiliyatlarini rivojlantiradi va bu orqali keng auditoriya bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi;
6) Talabalar jamoalarda samarali ishlashadi, shuningdek, global biznes muhitida umumiy maqsadga erishish uchun yangi tashabbuslar bilan chiqishadi;
7) Talabalar tashkilotdagi kasbiy, axloqiy, huquqiy, xavfsizlik va ijtimoiy masalalar hamda javobgarlikni namoyish etishlari mumkin;
8) Talabalar axloqiy tamoyillarga/me’yorlarga rioya qilishlari va dasturiy ta’minot muhandisligi hamda hisoblash amaliyoti bo‘yicha professional axloq va mas’uliyat/me’yorlarga sodiq bo‘lishlari mumkin;
9) Talabalar turli xil murakkablikdagi dasturiy ta’minot tizimlarini qurishda menejment nazariyalaridan foydalangan holda biznes-rejalarining strategiyasini tuzish, loyihalarni boshqarish bo‘yicha bilimlarni namoyish etish, loyihalash va ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;
10) Talabalar dinamik IT sohasida uzluksiz ta’lim olishga jalb qilish talablarini tushunishlari mumkin;
11) Talabalar professional IT-yechimlarning ijtimoiy va atrof-muhit sharoitlariga ta’sirini anglab, barqaror rivojlanish to'g'risida bilim va ehtiyojni namoyish eta oladilar;
12) Talabalar ma’lum bir muammoning bilimlarini boshqarish uchun ma’lumotlarni saqlash va ajratib olish, tahlil qilish uchun ishlatiladigan turli xil usullarni yaratish, taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.