Universitet bosqichiga o‘tish hech qachon oson bo‘lmagan - va agar siz hech qachon Toshkentda yashamagan yoki unga tashrif buyurib ko‘rmagan xorijlik talaba talaba bo‘lsangiz, yangi shaharga o‘tish jarayoni sizda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Hozirda bizda talabalar orasida 50 dan ortiq millat vakillari va sizning yashashingizga ko‘mak berishi mumkin bo‘lgan kuchli maslahatchi tizim mavjud.
Tashrif buyurishingizdan oldin biz sizga foydali veb-saytlar ro‘yxati, bo‘glanish uchun telefon raqamlari va O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishda yordam beradigan qiziqarli ma’lumotlarni tuzib qo‘yganmiz. Bundan tashqari, bizda biron bir muammongiz yuzasidan sizga yordam berishi mumkin bo‘lgan Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi mavjud, va, agar sizga qiziq bo‘lsa, bizning Korporativ Resurs Markazimiz sizga o‘qish paytida qisman bandlik asosida stajirovka o‘tash yoki ishlashingiz ish topishda yordam berishi mumkin.
O‘zbekiston vizasi
Vizadan holi mamlakatlar
Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Gruziya, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya, Qirg‘iziston va Ukraina fuqarolari O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun VIZAGA EHTIYOJ SEZMAYDILAR.
O‘zbekistan vizasi uchun qayerga murojaat etish kerak?
Davlatingizda O‘zbekiston elchixonasi yoki konsulligi mavjud bo‘lgan taqdirda viza olish uchun murojaat etishingiz mumkin. E’tibor bering, talab qilinadigan hujjatlar va viza to‘lovlari fuqaroligingiz va murojaat etayotgan joyingizga qarab farq qilishi mumkin.
Aeroportdagi viza
Agar siz O‘zbekistonga parvoz qilayotgan mamlakatda O‘zbekiston elchixonasi yoki konsulligi bo‘lmasa, Toshkent xalqaro aeroportining xalqaro reyslarning kelish zali orqali viza olishingiz mumkin.
Talaba vizasini olish uchun rasmiy viza anketasini evisa.mfa.uz saytidan yuklab olishingiz mumkin. Ushbu anketa barcha O‘zbekiston elchixonalari va konsulliklari uchun amal qiladi.
Talabalik vizasini olish uchun arizaga qo‘yiladigan talablar:
Viza uchun ariza anketasi
Muhim eslatma: Keyinchalik talaba sifatida ro‘yxatdan o‘tish niyatida O‘zbekistonga oddiy tashrif buyuruvchilar vizasi bilan kirmang.
Siz mamlakatga faqat talabalik vizasi bilan kirishingiz mumkin.
• Arizalarning onlayn-shakli orqali Amity universitetiga ariza qoldiring
• O‘qishga qat’iy qabul qilinganlik haqidagi xatni oling
• Viza olish uchun rasmiy anketani to‘ldiring
• Viza olish uchun to‘lovni amalga oshiring
• Pochta orqali ariza qoldirsangiz, konvertda sizga murojaat etish uchun manzil ko‘rsatilgan va muhrlangan bo‘lishi lozim
Ro‘yxatdan o‘tish va bojxona
O‘zbekiston bo‘yicha sayohat yo‘riqnomaning muhim qismi bu vaqtinchalik turar joyni aniqlab ro‘yxatdan o‘tishdir; O‘zbekistonga kelish bilanoq, 72 soat ichida mahalliy immigratsiya idoralarida ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim. Bojxona xodimlari tashrif buyurish va qaytib ketishda deklaratsiya shaklini talab qilishadi.