O‘rta maktabdan universitet bosqichiga o‘tish unchalik ham oson ish emas. Qabul bo‘yicha maslahatchilarimiz, qaysi o‘quv dasturi bo‘yicha topshirayotganingiz yoki qaysi mamlakatdan bo‘lishingizdan qat’i nazar, sizni jarayon bilan tanishtirish va kirish talablarini tushuntirish uchun hamisha tayyor.
Bizda o‘zbek, rus va ingliz tillarida so‘zlashuvchi, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan qo‘llab-quvvatlash jamoasi bor. Barcha maslahatchilar tajribali va taklif qilinayotgan o‘quv dasturlari haqida bilishingiz kerak bo‘lgan hamma narsani tushuntirib berishlari mumkin. Agarda sizda ko‘rishish istagi bo‘lsa, o‘qituvchilarimiz ham bu uchun tayyor.

 

Bakalavriat dasturlariga kirish bo‘yicha talablar:

Texnologiya bakalavri (kompyuter fanlari va injiniringi)
• O‘rta maktab yoki akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji (12 yillik majburiy ta’lim)
• Matematika, fizika va kimyo bo‘yicha kirish imtihoni
• Suhbat
• IELTS 5.5 va undan yuqori (yoki shunga ekvivalent TOEFL)
* Malakaviy imtihonning asosiy tili ingliz tili bo‘lsa, ozod qilinishi mumkin
 

Axborot texnologiyalari fanlari bakalavri
• O‘rta maktab yoki akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji (12 yillik majburiy ta’lim)
• Matematika va qobiliyat bo‘yicha kirish imtihoni
• Suhbat
• IELTS 5.5 va undan yuqori (yoki shunga ekvivalent TOEFL)
* Malakaviy imtihonning asosiy tili ingliz tili bo‘lsa, ozod qilinishi mumkin


Iqtisodiyot bo‘yicha bakalavr / Turizm boshqaruvi bo‘yicha bakalavr / Biznes boshqaruvi bakalavri
• O‘rta maktab yoki akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji (12 yillik majburiy ta’lim)
• Qobiliyat bo‘yicha kirish imtihoni
• Suhbat
• IELTS 6 va undan yuqori (yoki shunga ekvivalent TOEFL)
* Malakaviy imtihonning asosiy tili ingliz tili bo‘lsa, ozod qilinishi mumkin


Magistratura dasturlariga kirish bo‘yicha talablar:

Axborot texnologiyalari fanlari magistri
• O‘rta maktab yoki akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji (12 yillik majburiy ta’lim)
• Kompyuter fanlari yoki axborot texnologiyalari bo‘yicha bakalavr darajasi
• Matematika va qobiliyat bo‘yicha kirish imtihoni
• Suhbat
• IELTS 5.5 va undan yuqori (yoki shunga ekvivalent TOEFL)
* Malakaviy imtihonning asosiy tili ingliz tili bo‘lsa, ozod qilinishi mumkin

Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering