Yaxshi do‘st bilan tushlik – bu kundalik hayotimizning eng zavqli qismidir. Ayniqsa u talabalikning oltin davriga xos bo‘lsa.

Amity universiteti oshxonasi keng va zamonaviy kafeteriy bo‘lib, unda talabalarga turli xil mazali milliy va hind taomlari, shuningdek turli davlatlardan kelib tahsil olayotgan talabalar uchun bir necha turdagi kontinental taomlar tayyorlanadi.

200 o‘rinli kafeteriy tonggi qahva iforli nonushtadan boshlab tun-u kun xizmatda. Asosiysi, talabalar uchun hamyonbop.

Kafeteriyga universitet kutubxonasi yaqinligini inobatga olib, undan book-сafe sifatida foydalanish ham bugungi kreativ yoshlar uchun maxsus imkoniyat.

Qadrli tengdoshim, Amity universitetini tanla va ushbu tanloving bilan talabalikning betakror onlarini do‘stlar davrasida maroqli tushlik bilan baham ko‘r va zavqlan!