Yoshlik shijoatini sportsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Amity universiteti uchun talabalarning jismoniy va ruhiy salomatligi asosiy missiyadir. Shu bois ularning sog‘lom ruhiyat bilan ilm cho‘qqilarini egallashi uchun o‘z kampuslarida barcha sharoitlarni yaratib boradi.
Universitet qaynoq muhitining bir qismini faol sport hayoti tashkil etadi. Talabalar uchun basketbol, futbol, voleybol, tennis maydonlari hamda stol tennisi uchun maxsus zallar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Eng muhimi barcha sport seksiyalaridan talabalar bepul foydalanishlari mumkin. Universitet shuningdek, yil davomida bir qancha sport musobaqalariga mezbonlik qiladi va sportchi talabalarni muntazam ravishda qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirib boradi.
Siz ham uning bir qismiga aylaning! Amity universiteti muvaffaqqiyatli kelajak uchun munosib tanlov!