1) Talabalar sayohat mahsulotlari haqidagi bilimlarini oshiradi va xizmatlar darajasini loyihalashtira oladi;
2) Talabalar ma’lumotlarni aniq tasniflaydi va izohlaydi, mijozlar bilan ishlashda mos keluvchi munosabatda bo‘la oladi;
3) Talabalar sayohat bilan bog‘liq xizmatlarda qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun turli xil manbalarga kirishda mehmonxona texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantiradi va namoyish eta oladi;
4) Talabalar sayohat sohasi bilan bog‘liq muammolarni ajrata olishadi, samarali yechimlarni shakllantirish uchun tegishli muammolarni hal qilish metodologiyasini ko‘rib chiqishadi va qo‘llay olishadi;
5) Talabalar turizm, sayyohlik va shunga yaqin sohalarida tadqiqotlar o‘tkazish uchun muammolarni aniqlash qobiliyatlarini namoyish eta olishadi;
6) Talabalar sayyohlik sohasidagi guruh a’zosi yoki yetakchisi sifatida barcha savollarga javob bera olishadi hamda muammolarga dadillik va ijobiy yondashuv bilan yechim topa olishadi;
7) Talabalar sayohat va sayyohlik sohasi bilan bog‘liq turli xil madaniy masalalarga nisbatan sezgirligini namoyish eta olishadi;
8) Talabalar ichki va tashqi manfaatdor tomonlar bilan munosabatlarda sayohat va turizm sohasiga oid axloqiy va ijtimoiy amaliyotlarni, standart me’yorlarni ajrata olishadi;
9) Talabalar olingan bilim va ko‘nikmalarni ishga joylashish, oliy ma’lumot olish yoki o‘z korxonalarini tashkil etish uchun qo‘llay olishadi;
10) Talabalar uzluksiz ta’lim olish hamda dinamik turizm sohasidagi bilimlarini yangilashga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantira olishadi.