Sog‘ tanda – sog‘lom aql.

Bugungi ekologik tahdidlar davrida talabalarimizning salomatligi biz uchun juda muhim.

Shu bois Amity universiteti tibbiy punkti talabalarning kundalik tibbiy muammolari uchun birinchi zaruriy tibbiy xizmatlarga shay zamonaviy jihozlangan joydir.

Malakali tibbiyot xodimlari talabalarimizning mustahkam salomatligi uchun qayg‘uradi. Hatto universitet o‘quv kampuslaridagi auditoriyalarining sanitariya-gigiyenik tozaligi mazkur mas’ullar tomonidan har kuni nazoratdan o‘tkaziladi.

Jahon standartlariga mos qulaylik yaratilgan hamda o‘z talabalarining buguni va kelajagiga befarq bo‘lmagan Amity universitetini tanla va ilm olishdan zavqlan!