13 Mar 2024 1

2024-yil 12-mart Raqamli texnologiyalar vazirligida "Seeds for the Future 2023” loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashuv va “Tech4Good” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, oliy o‘quv yurtlari rektorlari va professor-o‘qituvchilari, Huawei rahbariyati hamda O‘zbekistonning 7 nafar OTM talabalari ta’lim loyihasi yakunlarini sarhisob qildilar.

Raqamli texnologiyalar vazirligida "Tech4Good 2023" global tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston talabalari “Silver Award” va “People’s Choice Award” mukofotlariga sazovor bo‘ldilar. Tanlovning finali 2024-yil 11-yanvarda boʻlib oʻtdi va ekspert hakamlar hayʼatining ovoz berish natijalariga koʻra, TechnoMinds jamoasining “Aquatibia” deb nomlangan loyihasi o‘n nafar finalchi jamoa orasida eng yaxshilaridan biri deb topildi.

Mukofot tariqasida TechnoMinds ning sakkiz nafar ishtirokchisi China Seeds Tour da Xitoyga safarga otlanadi va o‘z loyihasini hayotga tadbiq etish uchun grant oladi. “Seeds for the Future 2023” ta’lim loyihasi davomida O‘zbekiston yoshlarining namoyon bo‘lgan salohiyati hisobga olgan holda, o‘tgan yili yana 4 nafar ishtirokchi Xitoy davatiga tashrif uchun tanlab olindi.

Yig‘ilishda “Seeds for the Future 2023” ta’lim loyihasi yakunlari ham sarhisob qilindi. O‘tgan yilning sentabr oyida Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida O‘zbekistonning 7 ta OTMlaridan 15 nafar talaba Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi mintaqalaridagi 15 ta davlatdagi universitetlaridan 175 nafar talabani o‘zaro birlashtirgan Doha shahri, Qatarda o‘tkazilgan mintaqaviy loyihada ishtirok etdi.

«Iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishning asosiy maqsadi — yosh avlodni ish joylari bilan ta’minlashdan iborat. Ta’lim dasturlarini amalga oshirish va amaliyot o‘tash orqali biz yosh iste’dod sohiblarining xalqaro va mahalliy kompaniyalarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakaga ega bo‘lishlariga bo‘lgan ishonchini yanada kuchaytirmoqchimiz. Yoshlarni jalb etishdan nafaqat kompaniyalarning o‘zi manfaatdordir, balki butun dunyo ham innovatsion texnologiyalardan xabardor bo‘lgan malakali kadrlarga muhtoj”, — dedi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori janob Chen Szyakay. – Bu yil Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatiga 25 yil, shuningdek, “Seed for the Future” loyihasining 10 yil to‘ldi. Biz vazirlik va universitetlarga ko‘rsatgan yordamlari uchun chuqur minnatdorchilik izhor etamiz va bundan ham ko‘proq qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga umid qilamiz».

“Seeds for the Future 2023” loyihasi davomida oʻzbekistonlik talabalar 5G, sunʼiy intellekt, bulutli hisoblash kabi innovatsion texnologiyalarni oʻrgandilar, butun dunyodan tashrif buyurgan tengdoshlari bilan tajriba va bilim almashish imkoniga ega boʻldilar, shuningdek, Dubayda "COP-28" kunlari davomida o‘tkazilgan Isteʼdodlar Sammitlarida, Barselonada boʻlib oʻtadigan Mobile World Congress 2024 koʻrgazmasida Oʻzbekiston davlat organlarining joriy yilning yanvar oyida Shenchjen shahridagi Huawei bosh qarorgohiga tashriflarini tashkil etishda ishtirok etdilar.

Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering