10 Jul 2025
1
10-iyul kuni, Amity talabalari shahar Kengashi sessiyasida ishtirok etishdi!
Toshkent shahar Kengashi deputatlarining 13-sessiyasida yoshlar maslahat guruhi tarkibidagi faol talabalarimiz ham qatnashdilar. Sessiya davomida idora va tashkilotlarning hisobotlari tinglandi hamda yoshlar siyosatining dolzarb masalalari deputatlar bilan birgalikda muhokama qilindi.
Talabalarimizning faolligi va tashabbuskorligi e’tirofga loyiq!
Ularning bunday muhim yig‘ilishlardagi ishtiroki nafaqat mas’uliyat hissini aks ettiradi, balki O‘zbekiston yoshlariga ko‘proq imkoniyatlar yaratishda ham o‘z hissasini qo‘shadi. Amity talabalari har doim faol va o‘z fikrini erkin bildiruvchi yetakchilar sifatida namoyon bo‘lishmoqda.

