27 Feb 2024 1

Umid Abduhakimov - Toshkent shahridagi Amity universiteti talabasi, Huawei kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “Seeds for the Future 2023” ta’lim loyihasi ishtirokchisi sifatida Mobile World Congress (MWC) Seeds Tour loyihasiga qo‘shildi.

 

Seeds for the Future 2023 ta’lim loyihasi qatnashchisi bo‘lgan Umid Abduhakimov Huawei kompaniyasi tomonidan dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan talabalar uchun kongress kunlarida tashkil etilgan MWC Seeds Tour tur ishtirokchilari safiga qo‘shildi.

 

MWC’ning birinchi kunida Huawei kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan “Talent Summit: Nurturing excellence in a digital world” sammiti ITU va YUNESKO kabi xalqaro tashkilotlar, davlat sektori hamda ta’lim muassasalari vakillari uchun iqtidorlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni muhokama etish uchun o‘ziga xos maydonga aylandi. Tadbirda shuningdek Seeds Tour ta’lim turi ishtirokchilari – 24 mamlakatdan kelgan 38 nafar talaba ham qatnashdi.

 

“IT yo‘nalishi talabasi sifatida men uchun bu tadbir ilg‘or texnologiyalar bilan yaqindan tanishishga ajoyib imkoniyat. Barselonaga sayohat va MWC kabi nufuzli tadbirda ishtirok etish meni yangi texnologiyalarni o‘rganish va IT-mutaxassis sifatida rivojanishga ilhomlantiradi. Men Huawei kompaniyasidan taqdim etilgan imkoniyatlar va unutilmas tajriba uchun cheksiz minnatdorman”, - dedi Umid.

Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering