Bugun bizning faol volontyor talabalarimiz Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat” guruhi tashkilot majlisida ishtirok etdi.
Fahr bilan ma'lum qilamizki, 2 nafar talabamiz ushbu guruhning doimiy a'zoligiga tasdiqlandi.
Bu nafaqat universitetimiz, balki barcha yoshlarga berilgan ishonch va rag‘batning yorqin namunasi hisoblanadi.
Ishonchimiz komilki, talabalarmiz ushbu guruh faoliyatida faol ishtirok etib, yoshlar manfaatlarini himoya qilish, yangi g‘oyalarni ilgari surish va shahar hamda mamlakatimiz yoshlari uchun muhim qarorlar qabul qilishda o‘z hissasini qo‘shadi.
Ularga ushbu muhim yo‘lda omad va muvaffaqiyat tilaymiz hamda Amity universitetini yuqori darajada munosib tarzda namoyon etayotganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

