Toshkent shahridagi Amity universiteti talabasi Yaponiyada bo‘lib o‘tgan “Women in Tech” tadbirida “Youth Engagement Award 2025” mukofoti bilan taqdirlandi 🇯🇵
Faxr bilan e’lon qilamizki, Toshkent shahridagi Amity universiteti talabasi Shukrona Alisherova Yaponiyada o‘tkazilgan nufuzli “Women in Tech” tadbirida O‘zbekiston nomidan ishtirok etdi va “Youth Engagement Award 2025” mukofotini qo‘lga kiritdi.
Mazkur tadbir butun dunyo bo‘ylab texnologiya sohasidagi yetakchi ayollar, innovatorlar va talabalarni birlashtirdi. Unda yutuqlar nishonlandi, g‘oyalar almashildi va STEM yo‘nalishlarida gender tengligini targ'ib qilish masalalari muhokama qilindi. Shukrona panel muhokamalari va networking sessiyalarida faol ishtirok etib, raqamli innovatsiyalar va yoshlarni kuchaytirish borasidagi ishtiyoqini namoyon etdi.
O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan Amity universiteti talabasi Shukronaning ushbu muvaffaqiyati bilan faxrlanamiz! 🔥

