Yangiliklar

5-may kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida 3-International English Olympiad – 2026 muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Olimpiada iqtidorli yoshlarni bir maydonga jamlab, ularga ingliz tili bilimi, tanqidiy fikrlash va tahliliy ko‘nikmalarini namoyish etish imkoniyatini yaratdi. To‘rt bosqichdan iborat musobaqa davomida ishtirokchilar qiziqarli va murakkab topshiriqlar orqali o‘z salohiyatlarini ko‘rsatishdi.

Batafsil

Toshkent shahridagi Amity universitetida Open Doors tadbirining to‘rtinchi kuni muvaffaqiyatli tashkil etildi. Tadbir davomida abituriyentlar universitet hayoti bilan yaqindan tanishib, yangi imkoniyatlarni kashf etishdi.

Mehmonlarga universitetning ta’lim dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ular qiziqarli o‘yinlar va interaktiv faoliyatlarda ishtirok etishdi hamda g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Batafsil

Toshkent shahridagi Amity universitetida Book Fair & Booksharing tadbiri tashkil etildi

Kitobsevar talabalar va mehmonlarni birlashtirgan ushbu tadbir bilim almashish, yangi asarlarni kashf etish hamda kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish uchun ajoyib platformaga aylandi.

Batafsil

Toshkent shahridagi Amity universitetida Open Doors tadbirining ikkinchi kuni muvaffaqiyatli tashkil etilib, universitet imkoniyatlari bilan tanishish istagidagi abituriyentlar samimiy kutib olindi.

Tashrif buyuruvchilar universitetning ta’lim dasturlari haqida foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi, qiziqarli o‘yinlar va interaktiv faoliyatlarda ishtirok etishdi. G‘oliblarga esa qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Batafsil

2026-yil 16-aprel kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida Smart Management, Economics and Tourism (SMART-MET 2026) xalqaro konferensiyasi muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Konferensiya turizm, menejment va iqtisodiyot sohalaridagi zamonaviy tendensiyalarga bag‘ishlanib, unda aqlli texnologiyalar, innovatsion boshqaruv usullari, marketing strategiyalari hamda startap ekotizimi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida ilmiy va amaliy mavzular bo‘yicha taqdimotlar hamda akademik sessiyalar o‘tkazildi.

Batafsil

TOSHKENT SHAHRI PROKURORI BILAN UCHRASHUV

“Yoshlar kuni” munosabati bilan 2-aprel kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida Toshkent shahar prokurori, Shayxontohur tumani yoshlari hamda universitet talabalari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Batafsil

Toshkent shahridagi Amity universiteti jamoasi International Ideathon 2026 loyihasi doirasida iqtidorli yoshlarni jalb qilish va ularni tanlovda ishtirok etishga rag‘batlantirish maqsadida mahalliy maktablarga tashrif buyurmoqda.

Tashriflar davomida o‘quvchilarga Ideathon formati, u taqdim etadigan imkoniyatlar hamda innovatsion g‘oyalarni qanday ishlab chiqish va taqdim etish haqida ma’lumot berilmoqda. Shuningdek, uchrashuvlar davomida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning g‘oya va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Batafsil

AUT 1-Xalqaro IT Olimpiadasi g‘olibi Massachusetts Institute of Technology (MIT) ga qabul qilindi

2025-yilda Toshkent shahridagi Amity universiteti tomonidan tashkil etilgan 1-Xalqaro IT Olimpiadasi ishtirokchilaridan biri — Asilbek Sunnatov dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri bo‘lgan Massachusetts Institute of Technology (MIT) ga to‘liq grant asosida qabul qilindi.

Batafsil

Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalari “Yoshlar kuni” doirasidagi uchrashuvda ishtirok etdi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan.

Batafsil

Toshkent shahridagi Amity universitetida hashar tashkil etildi

Toshkent shahridagi Amity universitetida hududni obodonlashtirish va tozalash ishlari doirasida hashar tashkil etildi. Unda universitet talabalari va xodimlari faol ishtirok etdilar.

Batafsil

Ayollar kuchli bo‘lsa, kelajak ham kuchli!

Toshkent shahridagi Amity universitetida Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir ilhom va ijobiy energiyaga boy unutilmas kun bo‘ldi.

Batafsil