8 May 2026 1

Tadbir davomida iqtidorli talaba-tadqiqotchilar, innovatorlar, professor-o‘qituvchilar hamda akademik ekspertlar bir maydonga jamlandi.

Tadbir quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oldi:

• 48 ta loyiha taqdimoti
• 21 ta ilmiy maqola taqdimoti
• 14 ta parallel akademik va innovatsion sessiyalar
• 18 nafar nufuzli sessiya moderatorlari
• 118 nafar talaba taqdimotchilar

Sun’iy intellekt, IoT, kiberxavfsizlik, dasturiy ta’minot ishlab chiqish, biznes analitika va kreativ dizayndan tortib iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, turizm hamda zamonaviy texnologiyalargacha bo‘lgan yo‘nalishlarda talabalar o‘z bilim, qiziqish va salohiyatlarini namoyish etishdi.

Mazkur tadbir Toshkent shahridagi Amity universitetining IEEE Student Branch hamkorligida tashkil etildi.