8 May 2026 1

Muzey mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan tarixiy hujjatlar, arxiv materiallari va fotosuratlar orqali o‘sha davrning murakkab jarayonlari, xalq ozodligi va taraqqiyoti yo‘lida kurashgan insonlarning jasorati hamda fidoyiligi haqida ma’lumot berildi.

Mazkur tashrif professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun tarixiy xotirani anglash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda ajdodlar xotirasini yod etish borasida muhim ma’naviy-ma’rifiy ahamiyat kasb etdi.

Bunday tashabbuslar jamiyatda vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, tarixiy merosni asrab-avaylash va yosh avlodni milliy qadriyatlarga sodiq ruhda tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.