AUT tadbirlari

7-aprel kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti "Inter Nation English School" o‘quvchilari uchun kampus bo‘ylab sayohat tashkil qildi.

O‘quvchilar Innovatsiya laboratoriyasi, kutubxona, IT laboratoriyalari, talabalar uchun dam olish zonasi va o‘quv xonalari bilan tanishishdi

Batafsil

4-aprel kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida "Cambridge learning center" talabalari uchun kampus bo'ylab sayohat bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir o'quvchilarga bizning universitet muhitimiz bilan tanishish, turli akademik dasturlar bilan va universitet hayoti bilan bevosita tanishish imkoniyatini berdi.

Batafsil

3-aprel kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti kutubxonasi va Literacy Club bilan hamkorlikda Book Fair 2025 tadbirini o‘tkazdi.

Yarmarka doirasida turli xil kitoblar, jumladan, akademik materiallar, badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar, shaxsiy rivojlanish hamda texnologiyaga oid nashrlar taqdim etildi

Batafsil

2-aprel kuni, Toshkent shahridagi Amity universiteti "Eng yaxshi kitobxon" tanlovini Adabiyot klubi bilan hamkorlikda o‘tkazdi

Bir oy davomida talabalar adib O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" kitobini o‘qib, uning mavzulari va hikoyalarini o‘rganib chiqdilar

Batafsil

27-mart kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalari universitetlar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan CS:GO 2 turnirida ishtirok etishdi.

Ushbu musobaqa 110 ta universitetni birlashtirgan bo‘lib, talabalar jamiyatidagi eng yirik kibersport tadbirlaridan biri bo‘ldi.

Batafsil

Toshkent shahridagi Amity universitetida yangilanish, quvonch va birlik ramzi bo‘lgan Navro‘z bayrami nishonlandi

Ushbu tadbir talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarni boy madaniy merosni qadrlash uchun bir joyga to‘pladi. Bayram doirasida an’anaviy chiqishlar, madaniy ko‘rgazmalar, milliy taomlar va qiziqarli tadbirlar o‘tkazilib, universitet hududida bayramona va fayzli muhit yaratildi.

Batafsil

14-mart kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti Al-Aziz Academy o'quvchilari uchun “Open Doors” tadbirini tashkil qildi.

Tadbir davomida Toshkent shahridagi Amity universiteti dasturlari, akademik muhiti, talabalik hayoti va kelajakdagi kasbiy imkoniyatlari haqida batafsil taqdimot o'tkazildi.

Batafsil

“Skill Development Workshops”

12-mart kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti “Skill Development Workshops” dasturini muvaffaqiyatli yakunladi, ushbu tashabbus maktab o‘quvchilarining asosiy fanlar bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan edi

Batafsil

Toshkent shahridagi Amity universitetida Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

👉🏼Tadbir universitet direktori Shuxrat Sattorovning kirish nutqi bilan boshlandi, shuningdek Dr. Naina Chaudhary universitet tashabbuslarini taqdim etib, InnovateHers Week, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan posterlar va ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga bag‘ishlangan fotosuratlarni ta’kidlab o‘tdi.

Batafsil

 Toshkent shahridagi Amity universitetida – InnovateHers-2026 haftaligi 

 Toshkent shahridagi Amity universitetida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda “InnovateHers Haftaligi” o‘quv dasturi tashkil etildi.

Batafsil

Toshkent shahridagi Amity universiteti IFS talabalari uchun interaktiv sessiya tashkil etdi

5-mart kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti IFS talabalari uchun interaktiv sessiya tashkil etdi va yosh o‘quvchilar uchun qiziqarli hamda o‘quv muhitini yaratdi.

Batafsil

27-fevral kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida IEEE Qozog‘iston bo‘limi va O‘zbekiston Markaziy banki hamkorligida "Iqtisodiy o‘zgarishlarga turtki beruvchi texnologiyalar" (InTech-2025) xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish maqsadida, 27-fevral kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida IEEE Qozog‘iston bo‘limi va O‘zbekiston Markaziy banki hamkorligida "Iqtisodiy o‘zgarishlarga turtki beruvchi texnologiyalar" (InTech-2025) xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil