6 May 2025 1

6-may kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida “Ochiq Eshiklar Kuni 2025” bo‘lib o‘tdi. 

Mehmonlar universitet bo‘ylab maxsus ekskursiyada qatnashish, taqdimot va savol-javob sessiyasida ishtirok etish, hamda qiziqarli interaktiv o‘yinlarda bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Tadbir doirasida interaktiv o‘yinlar, talabalar tomonidan tashkil etilgan ijodiy mashg‘ulotlar va talabalar bilan muloqot orqali ishtirokchilar o‘z savollariga javob oldilar hamda Amity hayotini yaqindan his qildilar.

adbirning eng hayajonli qismi esa loto o‘yini bo‘lib, unda ishtirokchilar aqlli soat, simsiz naushniklar va Yandex stansiyasi kabi qimmatbaho sovg‘alarni yutib olishdi.

“Ochiq eshiklar kuni” kabi tashabbuslar Amity universitetining ochiqlik, shaffoflik va bo‘lajak talabalar uchun qulay va iliq muhit yaratishga intilishini namoyon etadi.