22 May 2025 1

Amity talabalar turar joyida Palov bazmi va intellektual Quiz o‘yini!

22-may kuni Toshkent shahridagi Amity universitetining talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan Palov bazmi va qiziqarli intellektual Quiz o‘yini o‘tkazildi!

Tadbir milliy taom — o‘zbek palovi bilan boshlandi. Talabalar bir joyga jam bo‘lib, iliq muhitda, birgalikda kechki ovqatni baham ko‘rishdi. Bu jarayon do‘stlik va hamjihatlik ruhini kuchaytirdi.

Shundan so‘ng, talabalar va o‘qituvchilardan iborat jamoalar shakllantirilib, qiziqarli viktorina o‘yini boshlandi. Viktorina turli mavzularni o‘z ichiga oldi: umumiy bilimlar, tarix, fan, madaniyat va mantiqiy savollar. Har bir jamoa faol ishtirok etib, bilimdonlik va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini namoyon etdi.

Eng yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar Amity universitetining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir talabalar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash, madaniy hordiq chiqarish va birgalikda zavqli vaqt o‘tkazishga xizmat qildi.