30 Oct 2025 1

Toshkent shahridagi Amity Universitetida Hurmatli asoschi prezident Dr. Ashok K. Chauhan nomiga bag‘ishlab tashkil etilgan eng nufuzli 100% grant imtihoni muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Ushbu imtihon Foundation bosqichi talabalari o‘rtasida o‘tkazilib, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ilmiy salohiyati va yutuqlarini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.

Imtihon talabalarga o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyish etish hamda a’lo o‘quv natijalari evaziga bir yillik to‘liq grant yutib olish imkoniyatini taqdim etdi.