9 Oct 2025 1

 

 

Bugun Amity universitetida “Startapdan yirik biznesgacha” mavzusida ilhomlantiruvchi sessiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mehmon spikerlar — Jahongir Yuldashevich, Apple, Microsoft va LAM Research kabi global IT kompaniyalarda tajribaga ega mutaxassis hamda Oxunjon Madaminjonov, Startup Garage hamjamiyat menejeri talabalar bilan uchrashishdi.

Ular startapni rivojlantirish, investorlar bilan to‘g‘ri aloqa o‘rnatish va xalqaro miqyosda kengayish bo‘yicha foydali hamda qiziqarli maslahatlar berishdi.

Tadbir Amity Founders Club tomonidan tashkil etilib, yosh tadbirkorlar uchun katta motivatsiya va yangi ilhom manbaiga aylandi.