Bugun sun’iy intellekt va chuqur mashinaviy o‘rganish (deep learning) bo‘yicha dunyoga mashhur olim Ruslan Salaxutdinov universitet mehmoni bo'ldi.
Professor Salaxutdinov global yetakchi olim Geoffrey Hinton rahbarligida Toronto universitetida PhD darajasini olgan va hozirda Carnegie Mellon universiteti professori. Shuningdek, u Apple kompaniyasida AI tadqiqotlari direktori va Meta kompaniyasida sun’iy intellekt tadqiqotlari bo‘yicha vitse-prezident lavozimlarida mehnat qilgan. Uning tadqiqotlari chuqur mashinaviy o‘rganish (deep learning), ehtimollik modellari va yirik optimizatsiya yo‘nalishlariga qaratilgan.
Bugungi ma’ruzada talabalar sun’iy intellekt mavzusida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Olim sohadagi so'nggi o'zgarishlar va SI sanoati istiqboli haqida to'xtaldi.
Prof. Salaxutdinovga ilhomlantiruvchi ma’ruza hamda tashrif uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga minnatdorchilik bildiramiz.

