3 Aug 2025 1

3-avgust kuni Toshkent shahridagi Amity Universitetida Cyber Summer Camp dasturi doirasida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan mentorlar uchun intensiv xakaton muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Mazkur tadbir bir necha kun davom etgan maxsus treninglarning yakuniy bosqichi bo‘lib, unda mentorlar startap yaratish, loyiha boshqaruvi va innovatsion strategiyalar bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Dastur davomida ular ijodiy g‘oyalarni hayotga tatbiq etish, ularni biznes modelga aylantirish hamda yosh avlod tadbirkorligini rivojlantirish usullarini o‘rganishdi.

Xakaton mentorlarni hamkorlik va raqobat muhitida jamlab, jamoalarda real muammolarga yechim bo‘ladigan startap g‘oyalarini ishlab chiqish va taqdim etish bo‘yicha sinovdan o‘tkazdi. Vaqt cheklovlari sharoitida ular nafaqat texnik bilimlarini, balki jamoaviy ish, liderlik va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini ham namoyon qilishdi.

Tashkilotchilar tadbirning maqsadi faqatgina bellashuv emas, balki bilim almashish va tarmoq yaratish uchun platforma yaratish ekanini ta’kidlashdi. Xakatonda taqdim etilgan eng istiqbolli g‘oyalar keyingi bosqichlarda qo‘llab-quvvatlanadi va yanada rivojlantiriladi.