29 Nov 2024 1

29-noyabr kuni, Toshkent shahridagi Amity universiteti “Bir million oʻzbek dasturchilari-2024” konferensiyasida ishtirok etdi

👉🏼 “Bir million o‘zbek dasturchilari” — O‘zbekistonda bir million mahalliy dasturchini tayyorlash loyihasi bo‘lib, loyihada yoshlarni zamonaviy kasblarga bepul onlayn kurslar tashkil etilgan holda o‘qitish maqsad qilingan.

Ushbu konferensiya doirasida Toshkent shahridagi Amity universitiga 500 mln so’mlik “Coursera" onlayn taʼlim platformasida talabalar uchun oʻqish imkoniyatini beruvchi vaucher topshirildi

Joriy yil Coursera oʻzining oltinchi yillik Global Skills hisobotini eʼlon qildi. Unga koʻra, “Bir million oʻzbek dasturchilari” (“One million uzbek coders”) loyihasi doirasida amalga oshirilgan islohatlar natijasi o‘laroq, platformada Oʻzbekiston mavjud ishchi kuchining ulushida oʻrganuvchilar soni boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi. Yaʼni, mavjud ishchi kuchini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan koʻnikmalar bilan taʼminlashga eng koʻp sarmoya kiritayotgan mamlakatlar reytingida davlatimiz yetakchi oʻrinda deb qayd etildi.

Platformadagi o‘zbek foydalanuvchilarning eng ko‘p talabida bo‘layotgan yoʻnalishlar esa dasturlash, Data Science, kompyuter savodxonligi, Grafika va dizayn hamda xorijiy tillarni o’rganish ekani aniqlandi.