Tarjima seminari milliy liboslar, urf-odatlar va taomlar tanlovi kabi madaniy elementlarni o‘zida mujassam etgan tashabbus bilan o‘tkazildi. Tadbir nafaqat talabalarning tarjimonlik mahoratini oshirish, balki Universitetda namoyon bo'lgan boy madaniyatlarning rang-barangligini nishonlash uchun ham mo'ljallangan.
BatafsilEkskursiya davomida talabalar SQB Bankning turli bo‘limlari, jumladan, chakana, korporativ moliya va raqamli xizmatlar bilan tanishtirildi. Ular soha mutaxassislari bilan uchrashish imkoniga ega bo‘lishdi va ularga bank tuzilmasi, uning operatsion strategiyalari va bank ishi kelajagini shakllantirishda raqamli transformatsiyaning o‘rni haqida umumiy ma’lumot berildi.
BatafsilUshbu shartnoma orqali ikkala tashkilot ham texnologik innovatsiyalarni rivojlantirish, talabalar loyihalari uchun resurslar taklif qilish hamda soha mutaxassislari va talabalar o‘rtasida bilim almashuvini rag‘batlantirish majburiyatini oladi. Memorandum imzolash marosimida O‘zbekistonda IT-sohasining ko‘zga ko‘ringan arbobi Shavkat Karimovning ishtiroki tadbirga yanada nufuz va ko‘rk baxsh etdi. Uning ishtiroki ushbu hamkorlikning mamlakatdagi texnologiya va innovatsiyalar kelajagini shakllantirishdagi ahamiyatini ta'kidladi.
BatafsilSangatan o‘yinlari mavsumi mash'alaning yoqilishi va sharlarining uchirilishi bilan har yili o'tkaziladigan sport tadbirining rasmiy ochilish marosimi va bosh mehmon 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlari oltin medali sovrindori – o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xaloqov tashrifi bilan boshlandi.
BatafsilBunda turizmning qiziqarli mavzularida seminarlar, yoshlarni sohaga ilhomlantiruvchi taqdimotlar va rang-barang madaniy chiqishlar orqali barqaror turizm va tabiiy va madaniy merosni saqlash muhimligini tushuntirdik. Loyiha doirasida "sayyoh oshxonasi" ruknida "olovsiz taom" tayyorlash bellashuvlari talabalarda ayniqsa katta qiziqish uyg‘otdi
BatafsilMuzeydagi xalqimizning 20-asr real hayoti tiklangan manzarasi talabalarga katta qiziqish uyg‘otdi. Ular Qodiriyning o‘sha mashhur "O‘tkan kunlar" asaridagi qahramonlar bilan bir muddat bir davra bo‘lishdi, o‘tmish bilan go‘yo muloqot qilishdi.
BatafsilImtihon davomida yuqori natijalarga erishgan talabalarga grantlar topshirildi. Grant oluvchilar orasida axborot texnologiyalari, kompyuter fanlari va injiniringi, iqtisodiyot, turizm va biznes boshqaruvi fakulteti talabalariga grant o‘rinlari taqdim etildi.
BatafsilUniversitetimiz talabalari 76 yoshli faxriy ustoz, kurash, sambo, karate va dzyudo bo'yicha yetuk mutaxassis va sport turlari bo'yicha ko'plab ilmiy kitoblarning muallifi Ilov Arslon Nurovichning xonadonida bo‘lib, yoshlar murabbiyi bilan uzoq suhbatlashdilar.
BatafsilSolution Squad” deb nomlangan jamoa turli muassasalar a'zolaridan iborat edi. Tanlov davomida ular ajoyib jamoaviy ish, ijodkorlik va texnik tajribani namoyish etdilar. Ularning xavfsiz va foydalanuvchilarga qulay raqamli toʻlov yechimini ishlab chiqishga qaratilgan loyihasi oʻzining innovatsionligi, amaliyligi va fintech sanoatiga muhim taʼsir koʻrsatish salohiyati bilan hakamlarni hayratga soldi.
BatafsilSammit talabalarga soha mutaxassislari bilan muloqot qilish, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish va AKT sohasida martaba imkoniyatlarini o‘rganish uchun platforma yaratdi. E'tiborga molik yutuq sifatida Rixsixo'jayev Ibrohimxo'ja Huawei AKT Akademiyasi elchisi etib tayinlandi, bu uning sohadagi fidoyiligi va salohiyatini aks ettirdi. Ushbu tajriba nafaqat ularning soha haqidagi tushunchalarini kengaytiradi, balki ularning professionallar va tengdoshlari bilan aloqalarini mustahkamladi. Ushbu sammitda Amity universitetining ishtiroki texnologiya sohasida iste'dodlarni qo'llab-quvvatlashga sodiqligini ta'kidlaydi.
BatafsilTadbir ochilish marosimi bilan boshlandi, unda ma’ruzachilar AKT ko‘nikmalarini rivojlantirish va ta’lim va ishlab chiqarishda innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladilar. Bundan tashqari, ICT Week 2024 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilg'or texnologiyalar va ishlanmalarni o'rganish uchun asosiy soha vakillari, o'qituvchilar va talabalarni birlashtirdi.
BatafsilAmity universiteti o‘zining so‘nggi talabalar guruhini universitetdagi akademik va darsdan tashqari hayot bilan tanishtirishga mo‘ljallangan “Orientation Day” tadbiri bilan kutib oldi. Fakultet professor-o‘qituvchilari talabalarni o‘z bo‘limlari bilan tanishtirib, ular uchun mavjud bo‘lgan turli imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tishdi. Bundan tashqari talabalarni bir-biriga bog‘lash va o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishga yordam berish, birinchi kundanoq jamiyat tuyg‘usini rivojlantirish bo‘yicha bir qator tadbirlar o‘tkazildi.
Batafsil