16 Nov 2026 1

Talabalar zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan va real hayotdagi muammolarni hal etishga qaratilgan loyihalarini amaliy namoyishlar orqali taqdim etdilar. Ko‘rgazmadagi har bir loyiha o‘ziga xos g‘oyalari, puxta texnik yechimlari va istiqbolli imkoniyatlari bilan ajralib turdi.

Ko‘rgazmada Vasiylik kengashi a’zosi Amol Chauhan, universitet direktori hamda direktorning birinchi o‘rinbosari ishtirok etdilar. Ular har bir loyiha bilan yaqindan tanishib, talabalar bilan suhbatlashdilar hamda ularning bilim va sa’y-harakatlarini yuqori baholadilar. Bildirilgan e’tirof va rag‘bat yosh innovatorlarni ilm-fan va tadbirkorlik sohalarida yanada yuksak marralarni ko‘zlashga undadi.