13 Nov 2026 1

Quvonarlisi, bu yilgi bitiruvchilarning 80 foizi allaqachon Huawei, Uzum, Uzcard, Kapitalbank, Anorbank, Ipak Yo‘li Bank, British Council, IT Park kabi yetakchi kompaniya va tashkilotlarda o‘z kasbiy faoliyatini boshlagan.

Ushbu natija universitetda ta’lim sifati, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda talabalar uchun kasbiy imkoniyatlar yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarning samarasidir.

Barcha bitiruvchilarimizni tabriklaymiz! Ularga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi marralarni zabt etishlarini tilaymiz!