9 Nov 2026
1
Tadbirda talabalar, startap asoschilari va soha vakillari yosh tadbirkorlar uchun mavjud qo‘llab-quvvatlash dasturlari, moliyalashtirish imkoniyatlari hamda resurslar bilan tanishdilar.
Ishtirokchilar startap g‘oyalarini rivojlantirish, loyihalarni potensial hamkorlarga taqdim etish hamda biznesni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishdagi muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha fikr almashdilar.
Uchrashuv yangi g‘oyalarni ilgari surish, hamkorlikni mustahkamlash va talabalarning innovatsion loyihalarini real biznesga aylantirish yo‘lida muhim imkoniyat yaratdi.

