6 Nov 2026 1

Memorandum doirasida talabalar xalqaro sertifikatlarga tayyorgarlik materiallari, amaliy mashg‘ulot platformalari va Microsoft Office Specialist, Adobe Certified Professional, Autodesk Certified User kabi xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlash imtihonlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ushbu hamkorlik talabalarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro sertifikatlar orqali amaliyot va kelajakdagi ish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.