6 Nov 2026 1

Tadbirda biznes uyushmalari vakillari va soha mutaxassislari ham ishtirok etib, hamkorlik imkoniyatlari, ayollar tadbirkorligi va biznesni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Dastur doirasida IBWA va Hindiston Ichimliklar Assotsiatsiyasi taqdimotlari, faxriy mehmonlarning chiqishlari hamda tajriba almashish sessiyasi tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi professional aloqalarni mustahkamlash, yangi hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish va o‘zaro tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.