6 Nov 2026
1
Ishtirokchilar uchta bosqichda bellashdilar. Unda rolli sahna ko‘rinishlari, akademik lug‘at boyligi bo‘yicha topshiriqlar va jonli teleko‘rsatuv uslubidagi yangiliklar taqdimoti o‘rin oldi.
Ikki nafar hakamdan iborat hay’at jamoalarni ravonlik, grammatik aniqlik, jamoaviy hamkorlik va ijodkorlik mezonlari asosida baholadi. Tanlov talabalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, samarali muloqot qilish va ingliz tilini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

