21 Oct 2026 1

Trening davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning qonuniy manfaatlari va huquqlari, shuningdek, iste’molchilarni himoya qilishga oid qonunchilik talablari haqida ma’lumot berildi. Ishtirokchilar tegishli qonun hujjatlari va ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha foydali bilimlarga ega bo‘ldilar.

Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad universitet xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish hamda iste’molchilarning huquq va majburiyatlari borasidagi bilimlarini mustahkamlashdan iborat.