12 Oct 2026 1

Natijalarimiz raqamlarda:

  • 2,61 — sifat ko‘rsatkichi;

  • 89 ta — Scopus bazasida indekslangan ilmiy nashr;

  • 15 ta — dunyodagi eng ko‘p iqtibos keltiriladigan TOP-10% nashrlar qatoriga kiruvchi ilmiy ish;

  • 45% — Q1 va Q2 toifasidagi ilmiy jurnallarda chop etilgan nashrlar ulushi.

Amity University Tashkent TOP-5 talikdan joy olgan yagona xorijiy universitet filiali hisoblanadi.

Ushbu e’tirof professor-o‘qituvchilarimiz va tadqiqotchilarimizning xalqaro standartlarga javob beradigan, O‘zbekiston va undan tashqarida ilm-fan, siyosat va amaliyot rivojiga hissa qo‘shadigan ilmiy ishlarni yaratish yo‘lidagi fidokorona mehnatining natijasidir.

Bu yutuqqa hissa qo‘shgan Amity Tashkent jamoasining barcha a’zolariga minnatdorlik bildiramiz!

Biz ilmiy tadqiqotlar sohasida yuksak natijalarga erishish va ilmiy salohiyatimizni yanada rivojlantirish yo‘lida izchil davom etamiz.