Tadbirda Xalqaro tayyorlov dasturi (IFS) doirasidagi IT yo‘nalishining uchta guruhi hamda Menejment yo‘nalishining ikkita guruhidan 180 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi.
Har yili 30-sentabr kuni nishonlanadigan ushbu kun har bir insonning matematika bilan bog‘liq o‘z hikoyasi borligi g‘oyasiga asoslanadi. Tadbir davomida talabalar matematik tushunchalarni real hayot, kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlari va shaxsiy qiziqishlari bilan bog‘lagan holda taqdim etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadlari:
-
Javob ortidagi hikoyani kashf etish;
-
Matematikaga bo‘lgan ishonch va ijodkorlikni rivojlantirish;
-
Matematik g‘oyalarni aniq va tushunarli ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish;
-
Matematikani texnologiyalar, biznes, tabiat va kundalik hayot bilan bog‘liq holda anglash.

