15 Sep 2026
1
Ekspertlar quyidagi yo‘nalishlarni o‘rganmoqda:
• ta’lim dasturlari;
• akademik jarayon;
• professor-o‘qituvchilar tarkibi;
• moddiy-texnik baza;
• talabalar uchun yaratilgan sharoitlar;
• ichki sifatni ta’minlash tizimi.
Baholash jarayonida milliy akkreditatsiya talablari bilan bir qatorda, Amity Tashkent ega bo‘lgan WASC va QAA xalqaro akkreditatsiyalari doirasida qo‘llanilgan sifat mezonlari ham inobatga olinadi.
Toshkent shahridagi xalqaro Amity universiteti ta’lim sifatini xalqaro darajada ta’minlash va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash yo‘lida izchil harakat qilmoqda.
Milliy akkreditatsiya — universitetning barqaror rivoji va ta’lim sifatini yanada yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadam.

