16 Apr 2026 1

Konferensiya mahalliy va xalqaro ekspertlar o‘rtasida samarali muloqot maydonini yaratib, yangi hamkorliklar, ilmiy tadqiqotlar va kelgusidagi akademik tashabbuslar uchun imkoniyat ochdi.

Tadbirda professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar, OAV vakillari hamda nufuzli tashkilot va muassasalardan delegatlar faol ishtirok etdi.

Yakuniy marosim davomida barcha ma’ruzachilar va faol ishtirokchilarga ularning qimmatli hissasi uchun sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

SMART-MET 2026 konferensiyasi turizm, menejment va iqtisodiyot yo‘nalishlarida global akademik almashinuv hamda fanlararo tadqiqotlarni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.