12 Apr 2026 1

Tanlovda Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon va Toshkent viloyatlaridagi maktablar hamda akademik litseylardan qariyb 100 nafar o‘quvchi istiqbolli startap loyihalari bilan faol ishtirok etdi.

Tanlov doirasida 40 ta jamoaning eng yaxshi loyihalari qishloq xo‘jaligi, aqlli ta’lim, sog‘liqni saqlash, buyumlar interneti (IoT), dron texnologiyalari va veb-ilovalar kabi zamonaviy yo‘nalishlarda baholandi.

Tadbir yakunida hakamlar hay’ati tomonidan eng yuqori baholangan uchta loyiha g‘olib deb e’lon qilindi. Bular moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan “ZInvest”, innovatsion gumbaz shaklidagi arxitektura orqali atrof-muhitni himoya qilishni maqsad qilgan “BioDome” hamda sport inshootlarini bron qilish jarayonini optimallashtirish uchun mo‘ljallangan “FitClick” loyihalaridir.