13 Mar 2026 1

Mazkur tashabbus doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida axborot texnologiyalari va raqamli sohada faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar, startap asoschilari hamda talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalari ham faol qatnashib, vazir bilan bevosita muloqot qildilar hamda IT va raqamlashtirish sohasiga oid g‘oya va takliflarini bildirdilar.