Toshkent shahridagi Amity universiteti 11-aprel kuni Xalqaro IDEATHON 2026 musobaqasiga mezbonlik qiladi. Tadbir innovatsion fikrlovchi yoshlarni birlashtirib, real muammolarga yechim bo‘la oladigan g‘oyalarni taqdim etish imkoniyatini yaratadi.
Musobaqa 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.
G‘oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin — 12 000 000 so‘m
2-o‘rin — 8 000 000 so‘m
3-o‘rin — 5 000 000 so‘m
Ro‘yxatdan o‘tish 12-martdan 3-aprelgacha davom etadi.
Ishtirok etish uchun postdagi QR-kodni skanerlab ro‘yxatdan o‘ting.
Musobaqa yo‘nalishlari va qoidalari haqida batafsil ma’lumotni ushbu faylda topishingiz mumkin.
Innovatsion g‘oyalaringizni namoyish eting va kelajakni shakllantiradigan yechimlarning bir qismiga aylaning.
Tadbir homiysi: Fido Biznes

