6 Mar 2026 1

Ushbu tashabbus maktab o‘quvchilarini zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, qizlar o‘rtasida raqamli savodxonlikni oshirish hamda ularning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.

Dastur davomida 150 nafar maktab o‘quvchi qizlari Axborot texnologiyalari, jumladan sun’iy intellekt, kodlash va vedik matematika yo‘nalishlari bo‘yicha yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Dastur yakunida yopilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tashabbusni tashkil etgan professor-o‘qituvchilar hamda faol ishtirok etgan maktab o‘quvchilariga universitet tomonidan sertifikat va maxsus sovg‘alar topshirildi.

Tadbir Amity universitetining yosh qizlarni bilim, innovatsiya va kelajak imkoniyatlari bilan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini yana bir bor namoyon etdi.