7 Nov 2025 1

7-noyabr kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida Amity Innovation, Design and Research Centre (AIDRC) IEEE Student Branch hamda Axborot texnologiyalari va muhandislik kafedrasi bilan hamkorlikda Loyiha Ko‘rgazmasi tanlovini tashkil etdi.

🔹 Taxminan 40 ta jamoa va 55 nafar talabalar o‘zlarining innovatsion loyihalarini namoyish etdilar.

🔹 Tadbirga Amity Education Group vakili, ishonchli trustee janob Amol Chauhan tashrif buyurib, har bir loyihani alohida ko‘rib chiqdi va talabalarga o‘z fikr-mulohazalari hamda tavsiyalarini berdi.

🔹 Hakimlar tarkibida Westminster International University in Tashkent’dan innoWIUT eksperti Yusupova Yulduz hamda Yandex kompaniyasining GR menejeri Rakhimakhon Nugmanova ishtirok etdi.

Tanlov talabalar uchun ijodiy fikrlash, amaliy ko‘nikmalar va texnologiyaga bo‘lgan ishtiyoqlarini namoyish etish uchun qimmatli platforma bo‘ldi.