4 Nov 2025 1

 

3-noyabr kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti va “Tadbirkor ayol” Xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Uchrashuv davomida tomonlar:

• talaba-qizlar uchun biznes va tadbirkorlik bo‘yicha treninglar hamda seminarlar tashkil etish,

• tadbirkor ayollar ishtirokida mentorlik dasturlari yo‘lga qo‘yish,

• startap tashabbuslari va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash,

• qo‘shma forum va konferensiyalar o‘tkazish masalalarini muhokama qildilar.

📌Ushbu hamkorlik yosh ayollarni biznes olamiga tayyorlash va ularning yetakchilik salohiyatini rivojlantirish yo‘lida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.