23 Oct 2025 1

Bugun Toshkent shahridagi Amity universitetida Dr. Zebo Isakova (D.Sc.) – loyiha boshqaruvi va baholash bo‘yicha ekspert, yoshlar siyosati hamda “yashil iqtisodiyot” sohasidagi mutaxassis mehmon bo‘ldi.

U “Post-Independence Economic Transition across Central Asia” mavzusida interaktiv sessiya o‘tkazdi. Uchrashuv davomida talabalar:

* Mustaqillikdan keyingi iqtisodiy o‘zgarishlar jarayonlari;

* Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqtisodiy siyosatning shakllanish bosqichlari;

* Barqaror rivojlanish va “yashil iqtisodiyot” yo‘nalishlarining dolzarbligi haqida chuqur bilimga ega bo‘ldilar.