26 Sep 2025 1

Toshkent shahridagi Amity universitetining Kitobxonlik klubi a’zolari 24-26-sentyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda o‘tkazilgan "Bank va Ma’rifat: bilimli jamiyat bilan qudratli iqtisodiyot sari" forumida ishtirok etdi.

Forum davomida talabalarimiz iqtisodiyot, moliya va tadbirkorlik sohalaridagi yangiliklar, ilmiy-innovatsion yondashuvlar hamda kitob mutolaasini targ‘ib etish bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.