17 Sep 2025 1

Bugun Amity University Tashkentda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasining “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish” UNESCO kafedrasi hamkorligida quyidagi mavzularda davra suhbati o‘tkazildi:

Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash

Inson qadri va huquqlari – taraqqiyot poydevori

Talabalarimiz ekspertlar bilan muloqot qilib, bugungi yoshlar duch kelayotgan muammolar, huquqiy savodxonlik va diniy bag‘rikenglik haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘lishdi. Ular ilhomlanib, motivatsiya olib va o‘z savollariga aniq javoblar topib qaytishdi.

Amity yosh avlodni tanqidiy fikrlovchi va mas’uliyatli global fuqarolar sifatida tarbiyalashdan faxrlanadi.