4 Sep 2025
1
Kechaning eng yorqin qismida esa sevimli xonanda Yorqinxo‘ja Umarovning chiqishi bo‘ldi. U talabalar bilan birga kuylab, raqsga tushib, chinakam bayram kayfiyatini bag‘ishladi. Shuningdek, iqtidorli talabalar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanib, g‘ururli lahzalar yaratildi.
Tadbir DJ Oybekning sho‘x va jo‘shqin musiqalari bilan yakun topdi. Talabalar raqsga tushib, kulib, unutilmas onlarni yaratdilar — bu esa yangi o‘quv yilining eng yaxshi boshlanishi bo‘ldi.

