Toshkent shahridagi Amity universiteti jamoasi G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida universitet jamoasi G‘alaba bog‘ida joylashgan “Millat fidoyilari xiyoboni”ga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ular Shon-sharaf muzeyi hamda yaqinda barpo etilgan Millat fidoiylari monumenti bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu tashrif nafaqat tarixiy xotirani yod etish, balki yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirish, milliy qadriyatlarni e’zozlash va tarixiy saboqlardan ilhom olish maqsadida tashkil etildi.
Amity universiteti jamoasi bu tashrif orqali buyuk ajdodlarimizning jasoratini yodga olib, ularning qahramonliklari har bir yosh avlod uchun ibrat maktabi ekanini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga, bunday tashriflar yoshlarning ongida mustaqillik, birlik va fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

