15 Aug 2025 1

Toshkent shahridagi Amity universitetida 2025/2026 o‘quv yiliga qabul qilingan talabalarga bag‘ishlab “Movie Night” kechasi tashkil etildi

Mazkur tadbir yangi o‘quv yili arafasida talabalarning hayajonini yengish, o‘zaro yaqinlashish va madaniy hordiq olishlari uchun o‘tkazildi. Kecha davomida talabalar qulay muhitda birgalikda film tomosha qilib, samimiy suhbatlar qurish, yangi do‘stlar orttirish va universitet hayotiga moslashish imkoniga ega bo‘lishdi.

Film namoyishi bilan bir qatorda, tadbir ishtirokchilarga ilk taassurotlarini baham ko‘rish, o‘zaro fikr almashish va kelgusidagi ta’lim yo‘lida bir-biriga tayanch bo‘ladigan jamoaviy ruhni shakllantirish imkonini berdi. Bunday tadbirlar talabalarni birlashtirish, ularni jamoaviy faoliyatga undash hamda kampus hayotida iliq muhit yaratishda muhim o‘rin tutadi.

Shu kabi tashabbuslar Amity Universiteti talabalarining nafaqat bilim olishi, balki unutilmas talabalar hayotini, yorqin xotiralar va qimmatli aloqalar bilan boyitilgan tajribalarni boshdan kechirishi uchun ham muhim qadam hisoblanadi.